Hayot go‘zal! Bu go‘zal hayotimizni osmon qadar cheksiz imkoniyatlar bezab turibdi. Shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, ulkan muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Lekin barcha ham shu tuyg‘ularni his qilayotganmikin?
Yaqinda ikki dugonaning suhbatini eshitib qoldim. Internetga joylashtirgan rasmlarining tahlilidan boshlab, suhbat tungi klublarda ko‘rsatayotgan «mahorat»lariga borib to‘xtadi.
Yuragimga g‘ashlik yugurdi va birdan chaqmoq urgan kishidek qo‘rquv bosdi. Jamiyatimizning og‘riqli nuqtalari yoki bee’tiborligimiz, befarqligimizning mahsulimi bular?
Axir ular bo‘lajak onalar, ertaga ularning farzandlari qanday bo‘ladi? Jo‘shqin yoshligini jaholat urug‘lari sepilguvchi «raqsxonalarda», razillik gullarining yoqimsiz hididan mast bo‘lib qurbon qilayotgan bu «zamonaviy» qizlar farzandlarini ham ma’rifat chashmasidan bahra olishlariga, ularning ilm o‘rganishga sovuqqonlik bilan qarashlari ulkan to‘siq bo‘lmasmikan?
Hammasidan ham eng achinarlisi, bu «dugona» larning yana qancha shunday «dugona»lari bor ekan. Er yuzidachi? Bunday «dugona»lar juftligi qanchani tashkil etishi mumkin? Ularning yaqinlari, ota-onalarichi nimalar bilan band? Farzandlarining jaholat atalmish qulfning kalitiga aylanib borayotganlaridan xabarlari bormikan?
Aziz zamondosh bilib-bilmay ko‘nglingizga ozor etkazgan bo‘lsam ming bor uzr. Umr atalmish omonat juda ham qisqa. Uni og‘riqli, og‘riqli savollarga javob topish bilan emas, baxtli kulgilar, zafarli onlar, rag‘bat qarsaklari ostida o‘tkazaylik. Zero, ko‘zlarining qarog‘ida, jonining ardog‘ida bizlarni asragan ota-onalarimizning barcha orzu-umidlari biz farzandlaridandir.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi