Toshkentda jinsiy ekspluatatsiya bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida spa-salon ko‘rinishida faoliyat yuritib, qizlarni jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilgani aytilayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumondorlarni 320 dollar va 6 million 250 ming so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar qizlarni yuqori maoshli ish va’dasi bilan ishga taklif qilgan. Keyinchalik esa ularni salon hududida majburan ushlab turib, intim xizmat ko‘rsatishga undagani aniqlangan.
Shuningdek, bunday faoliyatni rad etgan yoki qarshilik ko‘rsatgan qizlarga nisbatan bosim va zo‘ravonlik ishlatilgani qayd etilmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash ustida ishlamoqda.






























Izohlar 0
…