Ijtimoiy tarmoqlarda qizni ayovsiz kaltaklagan yigit videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizni ayovsiz kaltaklagan yigit videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yigitning qizga nisbatan zo‘ravonlik qilgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tasvirlarda yigit qizning yuziga va qo‘liga bir necha bor qattiq zarba bergani ko‘rinadi.

Dastlabki ma’lumotlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yozishicha, jabrlanuvchi qizning nutqida nuqson bo‘lib, uning kar-soqov ekani taxmin qilinmoqda. Videoda qizning o‘zini himoya qilishga yoki yordam so‘rashga imkon topa olmayotgani ham ko‘zga tashlanadi.

Mazkur holat internet foydalanuvchilari orasida keskin norozilik uyg‘otgan. Ko‘pchilik ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxsning harakatlariga huquqiy baho berilishi va holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan rasmiy munosabat bildirilishini talab qilmoqda.

Jabrlanuvchining kar-soqov ekani hozircha rasmiy tasdiqlanmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar