10 yildan so‘ng tug‘ilgan kunida o‘g‘li bilan uchrashgan ona barchani yig‘latdi (video)

10 yildan so‘ng tug‘ilgan kunida o‘g‘li bilan uchrashgan ona barchani yig‘latdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda jazoni o‘tash koloniyasida bo‘lgan juda ta’sirli uchrashuv aks etgan video keng tarqalmoqda. Unda 10 yildan so‘ng o‘g‘li bilan yuzma-yuz uchrashgan onaning quvonchga to‘lgan lahzalari ko‘plab tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.

Videoda koloniyada xizmat qiluvchi xodimlar tug‘ilgan kuni bo‘lgan ayol uchun kutilmagan syurpriz tayyorlagani ko‘rinadi. Ular jazoni o‘tayotgan barcha ayollarni zalga jamlab, ayolning o‘g‘li bilan uchrashuvini tashkil etishadi. Qo‘lida chiroyli guldasta bilan kirib kelgan yigit onasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi.

Ona farzandini ko‘rishi bilan quvonchini yashira olmay, xuddi yosh boladek uning bag‘riga yugurib boradi. Ularning samimiy quchoqlashuvi zaldagi ko‘plab ayollarni ham, videoni tomosha qilayotgan minglab insonlarni ham ko‘z yosh to‘kishga majbur qilgan.

Shundan so‘ng ona va o‘g‘il yangrayotgan qo‘shiq sadolari ostida birgalikda raqsga tushadi. Onaning farzandini bag‘riga bosgan holda quvonchdan yosh boladek erkalanishi videoning eng ta’sirli lahzalaridan biriga aylangan. Uzoq yillik ayriliqdan keyin aynan tug‘ilgan kunida o‘g‘lini ko‘rib bag‘riga bosgani ona uchun unutilmas va eng baxtli onlardan biri bo‘lgani videoda yaqqol seziladi.

Video ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar ushbu lavha ularni chuqur ta’sirlantirgani, ko‘z yoshlarini tiya olmaganini yozmoqda. Ayrimlar esa ayolning tezroq ozodlikka chiqib, farzandi bilan birga baxtli hayot kechirishini tilab, samimiy tilaklarini bildirib qoldirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar