Bir milliardlik natija: 2026 yilning eng daromadli filmi nomi ochiqlandi

Bir milliardlik natija: 2026 yilning eng daromadli filmi nomi ochiqlandi

"O‘yinchoqlar tarixi"ning beshinchi qismi 2026 yil jahon prokatida eng katta daromad to‘plagan film bo‘ldi. Qariyb uch o‘n yillik tarixga ega franshiza yangi qismi bilan ham tomoshabinlar qiziqishini saqlab qoldi.

Filmning umumiy kassa tushumi 1 milliard 20 million dollardan oshgani aytilmoqda. Bu natija uni 2026 yilning eng kassabop kino loyihasiga aylantirdi.

Multfilm daromad bo‘yicha "Super Mario: Galaktika kinosi" va Maykl Jekson haqida hikoya qiluvchi "Maykl" biografik filmini ortda qoldirgan.

Vudi, Bazz Layter va ularning do‘stlari ishtirokidagi voqealar 1995 yildan beri katta ekranda davom etib kelmoqda. Yangi qismning milliard dollarlik marrani bosib o‘tishi franshizaga qiziqish hali ham yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar