9 378
XTV ogohlantiradi: “Remont”ga pul yig‘ish, o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar berish taqiqlanadi!
Ertaga, 25 may kuni O‘zbekistondagi 9680 ta umumta’lim maktabini 467 019 nafar o‘quvchi bitiradi.
Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 28 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2016-2017 o‘quv yilini yakunlash va “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli buyrug‘iga muvofiq, shu yilning 25 may kuni O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari tashkil etiladi.
Vazir buyrug‘iga ko‘ra, “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlarida o‘quv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellashuvi va umuman maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o‘quvchilar hamda fidoyi o‘qituvchilar taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
Jumladan, o‘z qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, turli sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar ishonchini oqlagan o‘quvchilar alohida taqdirlanadi. Shuningdek, “Eng ibratli o‘quvchi”, “Eng faol o‘quvchi”, “Ijodkor o‘quvchi”, “Yosh ixtirochi”, “Maktabimiz faxri”, “Sport ustasi”, “Kompyuter ustasi”, “Eng orasta qiz” kabi nominasiyalar bo‘yicha iqtidorli va namunali o‘quvchilar taqdirlanadi.
Vazirlikning buyrug‘i bilan “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlarini, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul mablag‘larini yig‘ish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda va banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi!!!
Ma’lumot uchun, 2016-2017 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 467 019 nafar o‘quvchini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida bir necha bor “So‘rovnoma”lar o‘tkazilib, unda bitiruvchilarning 44 900 nafari (9,2 foiz) akademik liseylarda, 424 229 nafari (90,8 foiz) esa kasb-hunar kollejlarida o‘qish niyatida ekanini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi