Sud qarori ijrosi ta’minlandi: fuqaroni yashash xonadoniga kiritish ishi yakunlandi

Sud qarori ijrosi ta’minlandi: fuqaroni yashash xonadoniga kiritish ishi yakunlandi

Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqaro N. A. ni yashash xonadoniga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha belgilangan ijro harakatlari to‘liq amalga oshirilib, sud qarori amalda ta’minlandi.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatining mazmun-mohiyati ijro jarayoni ishtirokchilariga tushuntirildi hamda qarorni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qonunchilikda belgilangan imkoniyatlar yaratildi. Belgilangan muddatda sud qarori ijro etilmagani sababli majburiy ijro choralari qo‘llanildi.

Olib borilgan ijro tadbirlari natijasida fuqaro N.A. qonuniy ravishda yashash xonadoniga kiritildi va sud hujjatida belgilangan talablar to‘liq ta’minlandi. Shu tariqa mazkur ijro ishi amalda tamomlandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar qarorlarining o‘z vaqtida hamda to‘liq ijro etilishini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar