Kelinga tegishli mol-mulklar majburiy tartibda qonuniy egasiga qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 26.05.2026 yildagi qaroriga asosan, oilaviy kelishmovchilik oqibatida javobgar I.Sh.ning yashash manzilida saqlanayotgan da’vogar I.B.ga tegishli mol-mulklarni qonuniy egasiga natura shaklida qaytarish belgilangan.
Mazkur sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro harakatlari davomida sud qarori ixtiyoriy ravishda bajarilmagani hamda davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarishga to‘sqinlik qilingani sababli qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida sud qarori to‘liq ijro qilinib, da’vogarga tegishli bo‘lgan jami 25 dona, 9 turdagi mol-mulk majburiy tartibda olib berilib, qonuniy egasiga topshirildi.
Natijada fuqaroning mulkiy huquqlari tiklanib, sud hujjatining to‘liq va amalda ijro etilishi ta’minlandi.































Izohlar 0
…