Sud qarori so‘zda emas, amalda: xonadonni bo‘shatish ijrosi ta’minlandi

Majburiy ijro byurosining Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati asosida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda AT «Xalq banki» manfaati yo‘lida javobgar Sh. K. va uning oila a’zolarini Zafarobod tumani, Samarqand MFY, O‘yg‘un ko‘chasi, 90-uy manzilida joylashgan, bankka tegishli xonadondan chiqarish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi ta’minlandi.

Ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi tomonidan javobgarga sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan muddat berildi, qarorni bajarmaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Biroq belgilangan muddat ichida sud hujjati talablari bajarilmagani sababli, majburiy ijro choralari qo‘llanildi.
Belgilangan tartibda o‘tkazilgan ijro harakatlari natijasida javobgar va uning oila a’zolari xonadondan chiqarildi hamda mulk qonuniy egasiga topshirildi. Shu tariqa mazkur ijro ishining ijrosi amalda to‘liq tamomlandi.
Majburiy ijro byurosi sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar qarorlarining o‘z vaqtida hamda to‘liq ijro etilishini ta’minlash orqali qonuniylikni mustahkamlash, mulkdorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.































Izohlar 0
…