16:21 / 29.05.2017
10 390

Abdulla Qurbonov… Endi u ko‘rmaydi, yuzi ham xunuk, ammo sevgilisi hamon yonida!

Abdulla Qurbonov… Endi u ko‘rmaydi, yuzi ham xunuk, ammo sevgilisi hamon yonida!
Abdulla Qurbonov xolasining qo‘shnisi bo‘lgan Nargiz bilan ancha yillar oldin tanishgan. U paytlari Abdulla Qurbonov Ozarbayjonning Qorapirimli qishlog‘ida yashardi. Keyinchalik ularning qishlog‘i ishg‘ol qilingandan so‘ng, Tartar tumaniga oilasi bilan ko‘chib o‘tishgan. Abdulla oldinlari musiqa tahsilini olgan bo‘lsa-da, ammo keyinchalik kompyuter muhandisi bo‘lishga qaror qiladi. Yolg‘iz farzand bo‘lgan Abdulla harbiy xizmatdan qaytgan kezda, xolasining qo‘shnisi bo‘lgan Nargiz bilan tanishib qoladi. Ana shundan so‘ng ularning o‘rtasida dostonlarga mavzu bo‘lgudek chin muhabbat kurtak ochdi. Ularning muhabbati 9 yil davom etdi.

Bir kuni u bilan baxtsiz tasodif yuz berdi. Tog‘li tumandagi portlashda jabr ko‘rgan Abdulla 10 kundan so‘ng ko‘zlarini shifoxonada ochdi.
“O‘zimga kelganimda hamma yoq qop-qorong‘i edi. Shifoxonada ekanimni aytishdi. Bosh suyagim qattiq lat egan va yuzim yirtilib ketgan ekan. Jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng yuzimning bir qismini qayta tiklashdi. Ammo ko‘zlarim endi ko‘rmasdi…”

Shifoxonadan chiqqanidan so‘ng Abdulla o‘zini Nargizdan olib qochib yurdi. U “Ko‘zi ko‘rmaydigan va badbashara bo‘lib qolganim uchun mendan ko‘ngli sovib qolsa kerak”, deb o‘ylagandi. Ammo hech narsa u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Nargiz undan voz kechmadi. Xozirda 28 yoshli juftlikning 6 yashar o‘g‘li va 5 yashar qizi bor.
“Bolalarimni hayotda ko‘rolmasam-da, tushlarimda ko‘raman. Uyg‘ongan zahoti Nargizdan so‘rayman. Ularning ko‘rinishi xuddi men tushimda ko‘rgandek bo‘lib chiqadi”.

Abdulla Qurbonov garchi ko‘zlari ko‘rmasa-da, musiqani maromiga etkazib chala oladi. Hatto ba’zan yonida kimdir bo‘lsa, mashina ham hayday oladi.
“Yonimda Nargiz bor ekan, hech qanday qiyinchiliklar meni sindirolmaydi…”, deydi u.
Abdulla va Nargizning sevgisi ayni paytda o‘ldim-kuydim deb, sevgini o‘yinchoq qilib yurgan yoshlarga o‘rnak bo‘lsa qaniydi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Qurbonov… Endi u ko‘rmaydi, yuzi ham xunuk, ammo sevgilisi hamon yonida!