
Italiya mashhur avtomobilsozlik kompaniyasining tijorat avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Fiat Professional sho‘’basi amerikalik kinoaktyor Chak Norrisni brendning yangi elchisi sifatida tanladi, deb yozadi Kun.uz nashri. 77 yoshli aktyor savdo belgisining kelasi oydan boshlanadigan turli anjumanlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etadi.
Sho‘’ba korxonasi so‘zlariga ko‘ra, Chak Norris obrazi Fiat tijorat avtomobillariga ham uyg‘unlik taraflari ko‘p: «maqsad sari harakat, ishonchlilik, professionallik va foydalanishga qulaylik».
Bundan tashqari, aktyor ijtiomiy tarmoqlarda mashhurligi sababli ham kompaniya elchiligiga tanlangan. Masalan, uning Facebook sahifasiga 6,5 million kishi a’zo. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar