Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari - Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 30 mayda bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida.
Kozim Nosirovich To‘laganov (1949 yilda tug‘ilgan) 1997-2001 yillarda Toshkent shahri hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagan.
Prezident may oyi boshida «O‘zbekiston Respublikasining Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Mazkur hujjat arxitektura va shaharsozlik sohasini rivojlantirish, shahar va aholi punktlari bosh rejalarining ishlanmalari va ularni amalga oshirishni yaxshilash, davlat organlari va xo‘jalik boshqarmalari mas’uliyatini oshirish maqsadlarida qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi