16:31 / 03.06.2017
8 385

Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi
O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan Ruxshod Tirkashov (ismlari o‘zgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon - taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

U jinoiy sherigi 2001 yilda tug‘ilgan Komil Buriev bilan jinoiy til biriktirib, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Mehrob Vorisovga tegishli “VAZ-2102” rusumli avtomashinani olib qochib ketgan. IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashina olib qocharlari tezda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu guruh tomonidan ilgari ham avtotransport vositasini olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik kabi jinoyatlar sodir etilganligi aniqlangan. Bu jinoiy harakatlarga 2000 yilda tug‘ilgan Ilxom Yoqubov ham jalb etilgan.

Jumladan, Komil Buriev va Ilxom Yoqubovlar tomonidan joriy yilning 14 may kuni To‘ytepa shahri Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan notarius binosi yaqinida eshiklari ochiq holatda turgan sariq rangli “VAZ 21011” rusumli avtomashinani olib qochib ketishgan.

Hozirda ushbu voyaga etmaganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi