
Hozir yoz. Yurtimizda havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 40 darajada etmoqda. Ammo 2 iyun kechqurun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida -6 daraja sovuq bo‘lgan. O‘shanda 75 yoshli onaxon avtobus bekatida uzoq vaqt o‘tirib qoldi. Kutgan avtobusi ham kela qolmadi. Onaxon to‘satdan o‘zini yomon his eta boshladi. A’zoyi badani sovuqdan muzlab qolganini his etdi. Sal o‘tmay, hushidan ketdi. Afsuski, kasalxonadagilar kampirning hayotini saqlab qola olishmadi. Onaxon yoz kechasida qahraton sovuq tufayli halok bo‘ldi, deb yozadi “Hordiq.uz” sayti.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni Sankt-Peterburg va Moskvada kunduzi yomg‘ir yoqqan, kechqurunga borib qorga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar