04:22 / 05.06.2017
8 920

​#SpravedlivostJasuru Jasurbek Ibrohimovning ishi bo‘yicha rahbariyat shaxsan shug‘ullanmoqda

​#SpravedlivostJasuru Jasurbek Ibrohimovning ishi bo‘yicha rahbariyat shaxsan shug‘ullanmoqda
Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahridagi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni talab qilib, ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu jinoyat yuzasidan petisiya e’lon qilingan bo‘lib, parkka minglab odamlar yig‘ilishdi. Hozirga qadar ushbu petisiyaga 10 mingdan ziyod odam qo‘l qo‘ydi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Mazkur petisiyada Ichki ishlar va prokuratura organlari rahbariyati shaxsan bosh-qosh bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev va Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimov odamlar bilan muloqotga kirishib, darhol nazoratni kuchaytirishdi va tergov bo‘yicha maxsus guruh tuzildi.

Voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB zudlik bilan ishga kirishgan. Ayni damda Toshkent shahar IIBBda dastlabki tergov jarayonlari bo‘lib o‘tib, ish Toshkent shahar prokuraturasiga oshirilgan.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillariga etarlicha sharoitlar yaratilgan va jurnalistlarning barcha savollariga javob berilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​#SpravedlivostJasuru Jasurbek Ibrohimovning ishi bo‘yicha rahbariyat shaxsan shug‘ullanmoqda