
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Hamd” jome masjidiga kelgan Shokir Ahmadjonovning “Spark” mashinasi o‘g‘irlab ketilgan.
“Huquq” nashriga tayanib Hordiq.uz sayti yozishicha, aybdorlarni topishda esa masjid hududiga o‘rnatilgan kamera asqotgan. Kamera yozuvlari ko‘zdan kechirilganda ikki yigit kalit tanlash yo‘li bilan mashinani ochib, olib qochib ketgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni 2000 yilda tug‘ilgan Abdusaxiy Sultonov voyaga etmagan ukasi Abdusalom bilan sodir etgan.
Zangiota tumani prokurori Baxtiyor Babadjanovga ko‘ra, keyingi paytlarda bir qator jinoyatlar kuzatuv kameralari yordamida fosh etilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing