6 124
Qashqadaryoda davlat byudjetiga 22 mln so‘m zarar etkazgan bosh shifokor o‘rinbosari fosh etildi
Qashqadaryo viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazida 2001 yildan 2015 yilgacha bosh shifokor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Sheraliev pul ishlashning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi. 2014 yil 27 dekabr kuni markazda tizim xodimlariga malaka toifa darajasini berish bo‘yicha attestasiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. A.Sheraliev unda kotib sifatida ishtirok etdi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Yig‘ilish natijalari, ya’ni tizim xodimlariga “oliy”, “birinchi”, “ikkinchi” toifalarni berish haqida markaz bosh shifokorining 2 ta buyrug‘i qabul qilindi. Birinchi buyruqqa bosh shifokor A.Bo‘rievning imzosi qo‘yilib, muhrlandi. Unga asosan tuman va shahar DSENM xodimlarining 51 nafariga toifa darajalari berildi.
Bosh shifokor o‘rinbosari Alisher Sheraliev buyruqdagi xodimlar ro‘yxatini sinchiklab qarab chiqdi. Nimadandir ko‘ngli to‘lmadi, shekilli, markazning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Korsunga shu kunning o‘zidayoq ikkinchi buyruqni tayyorlashga topshiriq berdi. A.Korsunga imzolatilib, markazning aylani muhri hamda bosh shifokor imzosi o‘rniga “Asliga to‘g‘ri” deb yozilib, to‘rtburchak shaklidagi muhr bosilgan va ro‘yxatga olish “unutilgan” bu soxta hujjatni o‘qigach, A.Sheralievning yuzi yorishdi. Boisi unda o‘rinbosarning “himmat”i bilan asl buyruqdagidan farqli o‘laroq 57 nafar xodimga (attestasiyadan o‘ta olmagan ayrim xodimlarni ham “o‘tkazib”) toifa berilgan edi. A.Sheraliev shu soxta buyruq asosida toifa guvohnomalarini tuman va shahar DSENM xodimlariga tarqatib yubordi.
Natijada xodimlarga oylik ish haqi ortiqcha to‘lanib, A.Sheralievning jinoyati oqibatida davlat byudjetining 22 mln. 160 ming so‘m mablag‘i talon-toroj qilindi. Ammo soxta buyruqning misi chiqdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Alisher Sheralievning mazkur qilmishi tahlil etilib, buyruqlar solishtirilganida “Asliga to‘g‘ri” deb muhrlangan ikkinchi soxta buyruq A.Sheralievning “nafsiga to‘g‘ri” bo‘lib chiqdi. Oq libosiga qora dog‘ tushirgan shifokor o‘z aybini tan olishdan boshqa imkon topa olmadi.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan Alisher Sheralievga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 1 yil-u 6 oy moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda oylik ish haqidan 20 foiz ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Byudjetga etkazilgan zarar ham undan undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi