Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tadbirlar natijasida yil boshidan buyon 514ta, 1-7 iyun kunlari oralig‘ida 34ta holat aniqlandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari yil boshidan 88tani, hafta mobaynida 2tani tashkil etgan.
Shuningdek, hafta davomida 1 kg 031 gramm, yil boshidan esa 25 kg 720 gramm giyohvandlik vositalari olingan. Xususan, 2017 yilning 2 iyun kuni shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Sergeli tumani hududida muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan R.M. yonida og‘irligi 27,65 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
2017 yilning 4 iyun kuni ayni shu “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida F.T. o‘z uyi hovlisida, qonunga xilof ravishda, tarkibida giyohvandlik vositasi mavjud bo‘lgan 15 tup “nasha” o‘simligini ekib, etishtirib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va etishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Mirzaev va To‘laganovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi