2017 yilning 04 iyun kuni taxminan soat 2000 larda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanida hududida Rano Xaliqulovaning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 200.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB sayti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan Sergey Andreevich Lomovskoy tomonidan sodir etganliganligi aniqlanib, undan o‘g‘irlangan velosiped daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi