13:04 / 15.06.2017
6 003

O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga olindi

O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga olindi
2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda, Sunnatilla Shuxratovich Qobilov, tovlamachilik yo‘li bilan mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan «Aviasozlar» dexqon bozorida bo‘la turib, o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, jabrlanuvchini mulkiy manfaatlar berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, fuqaro Shermatov Xasandan bir necha marotaba turli miqdordagi chet el valyutasini olib kelgan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qobilov jabrlanuvchidan navbatdagi 200 AQSh dollari miqdordagi pul mablag‘larni Yakkasaroy tumani hududida olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, ya’ni o‘zgadan mulkni berishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharotiga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Qobilovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga olindi