O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, islomiy ta’lim muassasalari mutasaddilari va talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan anjuman chog‘ida islom dinini chuqurroq o‘rganish uchun ilmiy maktablar tashkil etish bo‘yicha taklif bildirdi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.
“Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz-avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qoshida islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilm olishga, mutaxassis bo‘lishga tayyorlab boradigan ilmiy maktablar tashkil etsak, nima deysizlar?
Masalan, Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bunday maktablar kelajakda chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, yosh avlodni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»