09:07 / 17.06.2017
6 753

O‘zbekiston aholisining qariyb 57 foizi mamlakatda korrupsiya bor, deb hisoblaydi

O‘zbekiston aholisining qariyb 57 foizi mamlakatda korrupsiya bor, deb hisoblaydi
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari 2017—2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi ijrosi doirasida fuqarolarning ushbu illatga munosabatini o‘rgandi. Bu haqda «Xalq so‘zi»ga tayanib «Sof.uz» xabar bermoqda.

So‘rovda qatnashganlarning aksariyat qismi — 91,5 foizi davlat rahbarining ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgan qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Respondentlarning yarmidan ko‘pi (56,8 foiz) jamiyatda korrupsiya bor, deb hisoblaydi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisi ko‘proq qayd etgan. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, shahar aholisi qishloq odamlariga qaraganda jamiyatda korrupsiya mavjudligini ko‘proq ta’kidlagan.

Tadqiqotda qatnashganlarning 76,3 foizi fikricha, mazkur illat hamma joyda emas, balki jamiyatning ayrim sohalarida bor. Masalan, respondentlarning 37,6 foizi tomonidan sog‘liqni saqlash korrupsiya eng ko‘p kirib borgan soha sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Undan keyin ta’lim sohasi turibdi (31,4 foiz).

So‘rovda ishtirok etganlarning har to‘rtinchisi ayrim huquq-tartibot organlari korrupsiyalashgan, degan fikrni bildirgan. Bandlik, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat, bank, soliq va bojxona idoralari, hokimliklar hamda boshqalar faoliyatida ham korrupsiya uchrashi bildirilgan.

Markaz xodimlari muammoning ildizini aniqlashga harakat qildi. Respondentlarning 64,4 foizi korrupsiyani huquqiy, 51 foizi iqtisodiy, 46,3 foizi ijtimoiy, 45,8 foizi axloqiy muammo sifatida biladi.

O‘zbekistonliklar fikricha, fuqarolik jamiyati keng miqyosda rivojlanmaganligi, jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, huquqiy madaniyatning etarli darajada emasligi kabi muammolar korrupsiyaning turli idoralar faoliyatida keng tarqalishiga sabab bo‘lyapti. Mansabdor shaxslar vakolat doirasining kengligi, ularning fuqarolar farovonligi bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga ta’sir etish imkoniyati ham korrupsiyaning paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

Moddiy ahvolini yaxshilab olish hamda boyish istagi mansabdor shaxslarni korrupsiyaga undaydi. Ayni paytda shaxsiy muammolarini hal qilish evaziga fuqarolarning o‘zlari beradigan moddiy mukofot yoki boshqa ko‘rinishdagi hadyalar ham korrupsiyaga yo‘l ochadi. Shu bois aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va korrupsiyaga qarshi axloq standartlarini yaratish juda muhim.

Keyingi paytda korrupsiyaga olib keluvchi sabablar sifatida ushbu sohada qonunchilik bazasi takomillashmaganligini ko‘rsatuvchi fuqarolar soni 8 foizga kamaygani (10,4 foiz) e’tiborga molik. Qonunga hurmatsizlik, mahalliy boshqaruv organlari faoliyati shaffof emasligi ham korrupsiyaga olib kelayotgan sabablar sifatida qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisining qariyb 57 foizi mamlakatda korrupsiya bor, deb hisoblaydi