Qashqadaryoda xo‘roz sabab qo‘shnilar janjallashdi — ish sudgacha yetib bordi

Qashqadaryoda xo‘roz sabab qo‘shnilar janjallashdi — ish sudgacha yetib bordi

Qashqadaryoda xo‘rozning baland ovozda qichqirishi qo‘shnilar o‘rtasida janjalga sabab bo‘ldi. Mojaro ma’muriy ishga aylanib, sudgacha yetib bordi.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi fuqarolar o‘rtasida xo‘roz sabab kelib chiqqan mojaro sudda ko‘rib chiqilgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, 2026 yil 23 iyul kuni fuqaro qo‘shnisi bilan xo‘rozining qichqirishi yuzasidan tortishib qolgan va uni haqorat qilgan.

Mazkur holat Nishon tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sud unga 824 ming so‘m miqdorida jarima tayinlagan.

Fuqaro sud qaroridan norozi bo‘lib, kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Biroq kassatsiya instansiyasi shikoyatni qanoatlantirmagan va avvalgi sud qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Shu tariqa, oddiy xo‘rozning baland qichqirig‘i sabab boshlangan qo‘shnilar o‘rtasidagi tortishuv ma’muriy ish bilan yakunlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar