14:41 / 19.06.2017
5 997

Yunusobod tumanida 12.500.000 so‘mni talon-toroj qilganlar qo‘lga olindi

Yunusobod tumanida 12.500.000 so‘mni talon-toroj qilganlar qo‘lga olindi
2017 yilning 15 iyun kuni taxminan soat 08:30larda, noma’lum shaxs, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Sitora Abdusamatovaga hujum qilib, tan-jarohati etkazib, undan 12.500.000 so‘m naqd pul mablag‘larini egallab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot uchun havfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib sodir etish ) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan, Tulqin Abdugapparovich Xalilov, Bekzod Tuxtasin o‘g‘li Abdullaev va Marhuba Nosirovna Pulatovalar sodir etishganligi aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» xabar berdi.

Xalilov, Abdullaev va Pulatovalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanida 12.500.000 so‘mni talon-toroj qilganlar qo‘lga olindi