Bishkekda “Bir soatlik kelin” xizmati paydo bo‘ldi.
Bu haqda Tojikistonning “Dialog” nashriga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda. Yollangan ayollarning majburiyatlariga birinchi navbatda, ziyofatlarda xizmat qilish kiradi: ular dasturxon tuzaydi, taomlarni tayyorlaydi va dasturxonga tortadi, idish-tovoqlarni yuvadi va mehmonlarga hurmat belgilarini namoyon qiladi.
Oilaning o‘zida «xizmat ko‘rsatish» uchun kelinlar etarli bo‘lmasa, endi xuddi boshqa mamlakatlarda xizmatkor yollashganidek, kelinlarni ijaraga olib turish mumkin bo‘ldi, deyiladi xabarda.
«Men katta oilada yakka-yu yagona kelinman. Bizda doim to‘ylar, bayramlar o‘tkaziladi, — dedi «Bir soatlik kelin» biznesi asoschisi Indira Temirkanova. — Ko‘pincha bir o‘zim ulgurmay qolardim, boshimda esa doim shunday bir servis bo‘lsaki, pul evaziga qarindoshlarim oldida mening o‘rnimga kelinlik burchini ado etib berishsa, degan fikr aylanardi. Bu g‘oya biznes-loyihaga aylandi».
Indira namunali kelin bo‘lish qanchalik qiyinligini juda yaxshi bilgani uchun yosh kelinlar hayotini yengillashtirishga qaror qilganini ta’kidladi.
Bugungi kunda uning «kelin»larini oilaviy tadbirlar, to‘y va boshqa ziyofatlarda ishlash uchun doimiy ravishda taklif qilishadi. Har bitta buyurtma uchun Indira zarur sondagi qizlarni to‘playdi. Ular chaqirtirgan uyga borib, dasturxon bezaydi, mehmonlar uchun taomlar va noz-ne’matlar tayyorlaydi.
Bunday tantanalarda «kelin»larning yana bir vazifasi — bolalarni o‘ynatib ovutish. Bu ishni ham Indiraning xodimalari a’lo darajada ado etadi.
«Kelin»lar ziyofatdan eng so‘nggi mehmon ketib, eng so‘nggi likop yuvilmagunicha ishlaydi.
Indira Temirkanova enagadan tortib, murabbiyagacha bo‘lgan uy xodimlarini tayyorlash bo‘yicha maktab ochish rejalari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham “bir soatlik er” xizmati mavjud. “Bir soatlik er” xonadondagi buzilgan mebellar va santexnika vositalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin