15:33 / 21.06.2017
5 432

Qozog‘istonda buyragi kesib olingan marhumning yaqinlari vrachlardan 1 mln tanga tovon puli talab qilmoqda

Qozog‘istonda buyragi kesib olingan marhumning yaqinlari vrachlardan 1 mln tanga tovon puli talab qilmoqda
Marhum Serikbolsin Kosherboy yaqinda olamdan o‘tgan. Oila a’zolarining aytishiga qaraganda, vrachlar mahalliy gazeta muxbiriga intervyu berib, Serikbolsinning buyragini kesib olish uchun yaqinlari bilan kelishilganligini aytishgan. Vaholanki, ular yigitning buyragi kesib olinganini kasalxona o‘likxonasida bilib qolishdi. Ulardan hech bir vrach buyrak masalasida hech narsa so‘ramagan, aytmagan. Demak, o‘sha jarroh jinoyatiga yarasha javob berishi kerak. Bu oilaga tovon puli sifatida 1 million tanga to‘lashi lozim.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri esa bu talabni inkor etmoqda. Uning gapiga ko‘ra, yozma ravishda ichki a’zolarini kesib olishlariga qarshilik bildirsa, bu ish amalga oshirilmasdi. Serikbolsinda esa shu narsa bo‘lmagan. Demak, vrachlar bilan o‘zaro kelishuv mavjud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Serikbolsin Kosherboy 2017 yil iyun oyida bosh qismidan yaralanib olamdan o‘tgan. Yaqinlari jasadni kasalxona o‘likxonasidan olib ketish uchun kelganda, ikkala buyragi ham kesib olinganini payqab qolishdi va darhol janjal ko‘tarishdi.

Ayni kunda Serikbolsinning o‘limiga sababchi bo‘lgan gumondor qamoqqa olingan. Shu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Aynan shu jinoiy ish doirasida polisiyachilar va prokuratura xodimlari kasalxonadagi buyrak yo‘qolish voqeasini ham aniqlashtirishga va’da berishgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda buyragi kesib olingan marhumning yaqinlari vrachlardan 1 mln tanga tovon puli talab qilmoqda