09:55 / 22.06.2017
8 692

Isoqjon qori Begmatov: “Namoz o‘qimasang ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deyish...”

Isoqjon qori Begmatov: “Namoz o‘qimasang ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deyish...”
Kun.uz nashri “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda Toshkent shahridagi "To‘xtaboy ota" jome masjidi imom-xatibi Isoqjon qori Begmatov bilan suhbat o‘tkazdi va uchrashuv davomida u kishi bilan Ramazon oyining so‘nggi dahalari va uning fazilatlari haqida suhbatlashildi.

"Allohning rahmatiga sazovor bo‘lgan banda, albatta, uning mag‘firatiga ham erishadi. Allohning mag‘firatiga erishgan bandalar esa jahannamdan ozod bo‘lishadi va jannatga kiradi.

Hozir biz Ramazon oyining Mag‘firat dahasida turibmiz. Bu kunlarda biz Allohdan bilib-bilmay qilgan gunohlarimiz uchun tavba qilib, istig‘for aytib, duoga qo‘l ochib undan ofiyat tilashimiz zarur. Mana shu lahzalardan, daqiqalaru soatlardan unumli foydalanib qolmog‘imiz kerak. Aslida ham Ramazondan olinadigan eng katta foydalarimizdan biri ham gunoh va ma’siyatlardan poklanib olishdir. Bu oyni tavba oyi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi".

Suhbatdoshimizga odamlar orasida ommaviy bo‘lgan savol bilan yuzlanamiz: “Namoz o‘qimasa ham ro‘za tutsa bo‘ladimi? Uning tutgan ro‘zasi joiz hisoblanadimi?”. Savolga javob berar ekan, Isoqjon qori Begmatov shunday dedi:

“Bunday savollarning oddiy xalq orasida yurishi, avvalo, o‘sha odamlarning ibodatga bo‘lgan rag‘bati nishonasidir. Bu hayotiy dunyoda kimdir haj qilishga, yana kimdir ro‘za tutishga, boshqa birov zakot berishga, yana biri esa namoz o‘qishga imkon topadi. Shariatimizning bag‘ri kengligi shundaki, musulmon kishi ibodatlarni ketma-ketlikda bajaraman, demasligi kerak. Imkoniyati qaysi ibodatga rag‘bat qilyapti, Alloh qaysi ibodatga nisbatan hidoyat beribdi, aynan o‘sha ibodatdan boshlash kerak. Namoz o‘qimay, ro‘za tutgan insonga, ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deb ayta olmaymiz. Ro‘za tutgan inson bora-bora nafsini jilovlashni o‘rganadi va boshqa ibodatlarga ham tayyor bo‘la boradi”.

Isoqjon qori Begmatov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Ramazon oyining so‘nggi dahalari va undan olinajak foydalar haqida gaplashildi. Inson va uning ibodati masalasi ham suhbat mavzularidan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Isoqjon qori Begmatov: “Namoz o‘qimasang ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deyish...”