17:10 / 22.06.2017
6 798

Sirdaryoda davlat korxonasi rahbari katta miqdorda pora olayotib qo‘lga tushdi!!!

Sirdaryoda davlat korxonasi rahbari katta miqdorda pora olayotib qo‘lga tushdi!!!
O‘zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmati xodimlari davlat idoralarini nazorat etish, aybdor deb topilgan rahbar lavozimli shaxslarga qarshi keskin kurash operasiyalarini davom ettirishyapti.

Bu gal ular Sirdaryodagi «Gulistondavsuvmaxsuspudrat» davlat korxonasini vaqtincha boshqarib turgan Holiq Dehqonov va shu korxonaning sobiq rahbari Nurbek Sho‘xberdievni qo‘lga olishdi. Ular «T. A» ismli shaxsdan jami 27 million so‘m miqdorida pora olayotib qo‘lga tushdi.

Ma’lum bo‘ldiki, bu ikki hamtovoq o‘sha pul evaziga pora bergan shaxsga korxonaga tegishli ekskavatorlardan hech qanday hujjatsiz, rasmiy kelishuvlarsiz foydalanib turish huquqini berishgan. Tergov davomida ma’lum bo‘ldiki, bu ikki shaxs may-iyun oyining o‘zida 50 million so‘mdan ortiqroq miqdorda pul ishlashga ulgurgan. Pullarning barchasi korxonaga tegishli texnika vositalarini noqonuniy tarzda begonalarga ishlatish uchun berish evaziga o‘zlashtirilgan.

Respublika bosh prokuraturasi qoshidagi departament ikki jinoyatchiga qarshi respublika jinoyat majmuasining 167 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda davlat korxonasi rahbari katta miqdorda pora olayotib qo‘lga tushdi!!!