AQSh prezidenti Donald Tramp Hollivud aktyori Jonni Deppning hazilidan xafa bo‘lganini aytib, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralashini ta’kidlagan, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Buyuk Britaniyaning Glastonberi musiqa festivalida kinoaktyor Jonni Depp o‘zi bosh rolni o‘ynagan «Axloqsiz inson» filmi namoyishi oldidan Amerika etakchisi haqida hazil qilib, to‘planganlarning olqishiga sabab bo‘lgan.
— Bu erga Trampni taklif qilish mumkinmidi, deyapsizlarmi? Menimcha, u odam yordamga muhtoj. Axir u bu erga kelsa, bu voqea matbuotda shov-shuv bo‘lib ketadi va bu juda dahshatli voqea bo‘ladi. Unda sizlarning ham ishtirok etishingizni istayman. So‘nggi marta aktyor prezidentni qachon o‘ldirgan edi? — degan Jonni Depp.
Hollivud aktyori «Ishbilarmonlik san’ati» kitobiga parodiya sifatida suratga olingan 50 daqiqalik «Bitim tuzish san’ati» komediya janridagi filmida AQShning amaldagi prezidenti rolini ham o‘ynagan.
Tramp ma’muriyatidagilarning xabar berishlaricha, u zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralaydi va Jonni Depp singari mashhurlar ham bunga rioya qilmayotganidan tashvishda.
Amerika etakchisining ma’muriyatidagilar Jonni Deppning hamkasblari bunday mazmundagi gap-so‘zlarga qarshi chiqish qilib, endi hech qachon zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlamasliklaridan umid qilishayotganini bildirishgan.
AQSh prezidenti maxfiy xizmati esa aktyorning gap so‘zlarini alohida nazoratga olib qo‘yishganini ta’kidlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi