2016 yil 24 iyun sanasi O‘zbekiston tarixida alohida o‘ringa ega kun sifatida qayd etiladi. Roppa-rosa 1 yil avval shu kun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilgan edi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov raisligida o‘tgan majlisda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etgan.
24 iyun kuni Islom Karimov xorijiy hamkasblari bilan so‘nggi marta uchrashgan edi. Shu kuni yuqoridagi davlatlar rahbarlarining barchasi bilan alohida muloqot tashkil etilgan edi.
Bundan tashqari, 1 yil avval O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda poytaxtda qad rostlagan Aleksandr Sergeevich Pushkin haykali poyiga gul qo‘yishgan edi.
O‘shanda Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi samarali bo‘lganini ta’kidlab, yuksak saviyada tashkil etilgan ShHT sammiti uchun Islom Karimovga minnatdorlik bildirgan edi.
Albatta, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bugun oramizda yo‘qligi dilimizni xira qiladi. Yurtboshimizning xalqimizga hadya qilgan ozodligi, xizmatlarini aslo unutmaymiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi