16:20 / 26.06.2017
6 944

20 ming so‘m evaziga o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etgan fuqaro aniqlandi

20 ming so‘m evaziga o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etgan fuqaro aniqlandi
21 iyun kuni soat 17:20 larda o‘tkazilgan tadbirlar dovamida, Nukus shahrida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan fuqaro Otarbay Maxambetov (ismi shariflari o‘zgartirilgan) Nukus shahri xududida joylashgan o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etib, 20.000 so‘m evaziga, fuqarolar «X» va «A»larining jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun, sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.Maxambetovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 ming so‘m evaziga o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etgan fuqaro aniqlandi