13:10 / 27.06.2017
6 227

Kino vaqti reklama qo‘ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?

Kino vaqti reklama qo‘ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?
“Maza qilib reklama ko‘rayotgan edim, kino boshlanib qolsa deng”. Bu hangoma barchamizga yaqindan tanish. Kulgi ortidagi piching nimaga qaratilganini ham hammamiz juda yaxshi tushunamiz. Ha, o‘zbek telekanallarida nima ko‘p? Kinodan ko‘ra, reklama ko‘p. Alam qiladigan tomoni, biror kinoning yoki serialning eng qiziq joyi kelganda “Maselka” yoki “Chokotella” reklamasi boshlanib qoladi. Shu vaqt pultni olib, chunonam televizorga qarata uloqtirgingiz keladiyu, beayb televizorga rahm qilasiz. Ayollar-ku bu borada ancha bosiq. Ammo erkaklar... Bu reklama qurmag‘urlar qancha kishining asabini “egovlab” kelmoqda.

Bu borada ularni ayblab bo‘lmaydi. Ammo reklama beruvchilar va telekanal ijodkorlarini-chi?

1998 yil 25 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasida shunday deyilgan: “Teleradiotashkilotlar uchun reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv vaqti ko‘rsatuvning har bir soatiga 10 foizdan oshib ketmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.

45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun to‘liq 45 minutlik vaqt oralig‘ida ko‘pi bilan bir marta uzib qo‘yilishi mumkin. Reklama bu ko‘rsatuvlarning boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin...”.

Telekanallarimizda namoyish etiladigan seriallar 30-45 daqiqa, kinolar esa undan ham ko‘p davom etadi. Xo‘sh, taqdim etilgan qonun moddasiga asosan bu holatga qanchalik rioya qilinyapti?

Ming afsuski, ba’zan 30 daqiqalik serial yoki kinoga bir emas, ikki-uch marotaba reklama “tiqishtirilganiga” guvoh bo‘lamiz. To‘g‘ri, televidenie reklama hisobidan daromad ko‘radi. Ammo, qonun-chi? Bu qonun tomoshabinning huquqini ham belgilaydi. Shunday ekan, tomoshabinning huquqi-chi?

Biz muammoga birgina kino misolida nazar soldik, xolos.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kino vaqti reklama qo‘ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?