
2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Raxmanberdieva Maftuna Atamuradovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «G» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIB.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, anketa ma’lumotlarining o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar