
2016 yil 13 dekabr kuni, Azimov Doniyor Turg‘unboyevich, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Kim Vyacheslav Vissarionovichning ishonchiga kirib, unga do‘kon va er maydoni olishda yordam berishini va’da qilib, 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing ancha miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Manba: guvd.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar