
Chili universiteti qoshidagi klinik gospitali shifokorlar brigadasi jarrohlik operasiyasi vaqtida Chili va Portugaliya futbol jamoalari o‘rtasidagi matchni tomosha qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
O‘tgan chorshanba kuni “Kazan Arene”da bo‘lib o‘tgan yarim final turnirida portugaliyaliklar Chili terma jamoasiga 0:3 hisobida yutqazdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt durang bilan yakunlandi.
“Mazkur holat yuzasidan barcha ma’muriy choralar ko‘rilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan gospital xabarnomasida. Ijtimoiy tarmoqlarda jarrohlik operasiya vaqtida futbol tomosha qilayotgan shifokorlar aks etgan video tarqaldi. Kasalxona rahbariyati shifokorlarning bu xatti-harakatlarini qat’iy muhokama etilganligini, mazkur operasiya muvaffaqiyatli yakunlanganligini, bemorning ahvoli qoniqarli darajada ekanligini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar