date
views 6 636

Chilonzorda xavfli residivist qo‘lga olindi

Chilonzorda xavfli residivist qo‘lga olindi
2017 yilning 29 iyun kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Chilonzor tumani hududida joylashgan “Erkin” blok postida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya’ni o‘ta xavfli residivist tomonidan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2016 yil 20 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Turgunov Azizbek Kozimjonovich ushlandi.

Hozirda A.K.Turgunovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda xavfli residivist qo‘lga olindi