21:41 / 03.07.2017
8 271

Yangi tashkilotdan yangi tanlov: g‘olibga 10 million so‘m

Yangi tashkilotdan yangi tanlov: g‘olibga 10 million so‘m
Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashkilot logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi logotipi bo‘yicha o‘z takliflarini nafaqat professional reklama kompaniyalari va agentliklar, balki xususiy shaxslar (frilanserlar, talabalar va h.k.) ham taqdim etishlari mumkin.

Tanlovga talabnoma quyidagi tartibda yuboriladi:

1. Logotip va uning ta’rifining 3 (uch) tilga (o‘zbek, rus, ingliz) moslashtirilgan o‘z namunangizni ishlab chiqing.

2. Grafik shakldagi fayl va ta’rif matnini hamda aloqa bog‘lash ma’lumotlaringizni [email protected] elektron pochtasiga yoki quyidagi manzilga jo‘nating: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 11-uy. Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 241-02-72.

Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqida tuzilgan maxsus komissiya ko‘rib chiqadi.

Komissiya ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

– tashkilot falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirishi;

– logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;

– logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;

– logotip kreativligi va yangichaligi.

Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ochiq ovozga qo‘yadi. Ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov komissiyasining yakuniy xulosasi asosida g‘olib aniqlanib, uning nomi www.yoshlarittifoqi.uz rasmiy saytda e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 10 000 000 (o‘n million) so‘m mablag‘ bilan taqdirlanadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2017 yil 20 iyulgacha qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi tashkilotdan yangi tanlov: g‘olibga 10 million so‘m