06:10 / 05.07.2017
5 793

Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?

Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?
Nega chivinlar ba’zi insonlarni chaqadi-yu ba’zilarni esa yo‘q. Buning ko‘plab farazlari mavjud. Taxminlarga ko‘ra, pivoni xush ko‘ruvchi, to‘ladan kelgan odamlar karbonat angidrid va terni ko‘p ishlab chiqargani sabab chivinlarni o‘ziga jalb etadi, deb yozadi Daryo.uz.

Nega chivinlar ba’zi toifadagi odamlarga hujum qiladi?
Avvalo terimizga yaqinlashgan chivinlar nimani xohlashini bilib olishimiz kerak Chivinlarning faqatgina urg‘ochisi chaqishini bilasizmi? Ular nasl qoldirishi, tuxumlarini oziqlantirish uchun sut emizuvchilar qoni bilan oziqlanishi kerak. Ularning barcha turdagi erkaklari o‘simliklar bilan oziqlanib, qon so‘rmaydi.

Urg‘ochi chivinlar kelajak nasli uchun eng yaxshi qonni tanlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir insonning o‘ziga xos hidi bor. Chivinlar esa o‘zlari uchun ideal hid qanday «jaranglashi»ni biladi. Chivinlar uni 30 metr naridan seza oladi.
Tasavvur qiling, odam organizmida 100 trillionga yaqin mikroblar mavjud. Ushbu mikroblar immun tizimining asosiy qismi hisoblanadi, shuning uchun suvda tez-tez yuvinish chivinlar sizni chaqmasligida yordam bermaydi.

Qon guruhi ham muhim
Agarda chivinga sizning hidingiz yoqib qolgan bo‘lsa, u sizni tinch qo‘ymaydi. Bundan tashqari, o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki chivinlar ko‘proq I qon guruhiga ega insonlarni II qon guruhiga ega insonlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq chaqadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 85 foiz holatda odamlar o‘z qon guruhi orqali chivinlarni jalb qiladi.

Ideal hid nima o‘zi?

Bunda karbonat angidrid va ter hidi muhim, biroq tananing o‘zini hidi ham katta ahamiyatga ega.
Aniqlanishicha, sut kislotasi ko‘plab chivin turlarini o‘ziga jalb qiladi. Pishloq, soya, yogurt yoki tuzlangan sabzavotlar kabi ba’zi mahsulotlar jismoniy faollik bilan birgalikda teri yuzasida sut kislotasining ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishiga olib keladi.

Mutlaqo chivinlardan holi bo‘lishning imkoniyati yo‘q. Bizning qo‘limizdan faqatgina ehtiyot choralarini ko‘rish keladi: terining asosiy qismini kiyim bilan berkitish, tong otganda va kechasi namlik yuqori bo‘lganda ko‘chaga chiqmaslik, himoya kremlari va hashoratlarga qarshi spreylardan foydalanish. Lekin shuncha himoyalanganizga qaramay chivinlar sizni «sevish»dan to‘xtamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?