7 364
11 yillik ta’lim tiklanishi tufayli bo‘shaydigan kollejlar Yoshlar ittifoqiga beriladi
Respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimi joriy etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg‘araz o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, kollejlar negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do‘koniga ega bo‘lgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga to‘lovsiz o‘qitish markazlari tashkil qilinadi. Shu boradagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Shuningdek, farmon bilan qator vazirlik hamda idoralarga viloyatlar va poytaxtda Yoshlar markazlari binolarini qurish va foydalanishga topshirish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha dastur loyihasini tayyorlash vazifasi topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...