
Coca-cola. Bu ichimlik ko‘pchilikning jonu dili. Ha, bu ichimlikning zarari haqida deyarli barchamiz ma’lumotga egamiz. Ammo baribir uni ichishda davom etamiz. Ayniqsa, jazirama issiqda. Mutaxassislar har kuni litrlab Coca-cola ichmaslik kerakligini ta’kidlashmoqda. Uni tushlikdan so‘ng ikki qultum ichishgina kifoya qiladi.
Xo‘sh, Coca-cola ichimligi qanday hollarda foydali?
Kola ichimligi ovqatning hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Shu bois, uni ko‘p hollarda go‘sht iste’mol qilgandan so‘ng tanovul qilishadi. Ba’zan esa go‘shtni marinad qilishda ham foydalanishadi.
U me’da shirasi bilan bir xil effekt beradi. PH (power Hidrogen – vodorod kuchi) darajasi kola ichimligida juda past, oshqozonning xlorid kislotasi ham deyarli shunday kislotalik xususiyatiga ega. Bu o‘xshashlik ovqat parchalanishini tezlashtiradi va hazm qilish jarayonini yengilllashtiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar