Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor benzin taqchilligi yuzaga ko‘tarilgan postlar e’lon qilindi. Ularga poytaxtda joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida yuzaga kelgan tirbandlik aks etgan fotosuratlar ilova qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar turlicha. Ularning ayrimlari “hali yil yakunlanmadi, nega bunday navbat”, deya murojaat qilishgan bo‘lsa, boshqalar esa “hech qanday tirbandlikka duch kelmaganliklarini, mashinalariga bemalol yoqilg‘i qo‘yib olishganini” aytib o‘tishgan. Bir foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan izohda shunday deyiladi: “Poytaxtda benzin bor, viloyatlarda esa 3-4 kunda chiqarilyapti. Mutasaddilarga rahmat”. Ayrimlar esa 15 iyuldan yoqilg‘i narxi oshishini bashorat qilishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi barcha AYoQShlarda ham bu hol kuzatilmagan. Ma’lum etilgan tirbandliklar aynan qaysi shoxobchalarda kuzatilgani haqida aniq ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...