Kuni-kecha O‘zbekistondagi internet nashrlarda Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan shov-shuvli voqea – shifokorlar yosh bolani joni uzildi, deb onasiga berishgani, bolani uyga olib ketishgani, uni dafn etish marosimida bola “tirilgani” haqida maqola paydo bo‘ldi. Maqolada tilga olingan bemor bolaning yaqinlari – uning buvisi va onasi bu vaziyatga shifokorlarni ayblashgan, ularning mas’uliyatsizligi, sansolarligi va o‘z kasbini puxta bilmasligini vaj etib ko‘rsatishgan.
Ushbu voqea yuzasidan Kun.uz muxbiri Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo‘lim boshlig‘i I.Ro‘ziev bilan bog‘landi. Shifokor bizga quyidagilarni so‘zlab berdi:
“2017 yilning 14 may kuni tug‘ilgan bemor Rashidov Muhammad VBKTTM chaqaloqlar reanimasiya bo‘limiga o‘ta og‘ir holatda: «Homila ichi infeksiyasi, sepsis, etiologiyasida Stafilokokkus aurius. Markaziy nerv sistemasini perinatal zararlanishi, chaqaloqlar gemolitik kamqonligi, ichaklar falaji» tashxisi bilan yotqizildi. Bemorga kerakli tekshiruv va davo muolajalari o‘tkazildi.
Kasallik tarixidan ma’lum bo‘lishicha, bola birinchi homiladan birinchi farzand, qiynalib tug‘ilgan. Bemor bolaning ota-onasida TORCh infeksiya aniqlangan. Shifoxonaga etguncha yashash joyida poliklinika vrachi nazoratida bo‘lib, essensiali va glyukoza olgan”.
Shifokorning ma’lum qilishicha, 2017 yilning 28 iyun kuni Muhammadga «Yarali nekrotik entrakolit, ichaklar perforasiyasi, peritonit» tashxisi qo‘yiladi va onasi hamda buvisiga kasallikning og‘irligi, o‘tkaziladigan operasiya xavfi to‘g‘risida tushintiriladi. Bemorning onasi va buvisi operasiyaga rozilik tilxati berishadi.
“Operasiya vaqtida bemorning ichaklarida teshilgan nekrotik yaralar, tarqalgan najasli peritonit aniqlanib, patologik o‘zgarishlar bartaraf qilindi”, dedi shifokor I.Ro‘ziev.
Operasiyadan keyingi Muhammadga “Yarali nekrotik gangrenoz total enterokolit. Ichaklar yaralarini perforasiyasi tarqalgan – yiringli - najasli - fibrinli peritonit. Ileostoma operasiyadan keyingi holat”, tashxisi qo‘yiladi.
Shundan so‘ng bemorning onasi va buvisiga bajarilgan operasiya haqida tushintiriladi. Ana shu erda, kutilmagan voqea yuz beradi. Bemorning onasi va buvisi “bolani olib ketamiz”, deb tilxat yozishadi va 2017 yilning 28 iyun kuni soat 19:40 da Muhammadni shifoxonadan uyga olib ketishadi. Biroq oradan ikki soat o‘tgach, bolani o‘ta og‘ir ahvolda qaytarib olib kelishadi va reanimasiya bo‘limiga joylashtirishadi.
“Rahimov Muhammad ayni damda reanimasiya bo‘limida davo muolajalarini olib kelmoqda”, dedi I.Ro‘ziev.
Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilishlaricha, oxirgi vaqtlarda bemorda qo‘shimcha ravishda qorin taranglashishi, dam bo‘lishi, qorinning kattalashishi, ich kelmasligi, tana haroratining ko‘tarilishi, qayt qilish kabi belgilar kuzatilgan.
Bunday vaziyatda, albatta, operativ davo lozim bo‘ladi. Ammo Muhammad Rashidovning ahvoli og‘irligi bois, operasiya katta xavf ostida qilinishi bemor yaqinlariga tushuntirilgan. 2017 yilning 28 iyun kuni bemor Muhammad Rashidovning onasi tilxat asosida operasiyaga roziligini bildirgan. Shu kunning o‘zidayoq, ya’ni soat 15:30dan bemor operasiyaga tayyorlana boshlanadi. Va soat 17:00 dan 18:50 gacha jarrohlik amaliyoti bajariladi.
“Shifokorlarning barcha amaliy choralarni ko‘rishiga qaramasdan bemor ahvoli og‘ir bo‘lgan. Jarroh ushbu murakkab vaziyatni bemorning qarindoshlariga tushuntirgan. Shundan so‘ng bemorning buvisi bolani uyga olib ketmoqchi bo‘ladi. Shifokorlarning ruxsat bermasligiga qaramay, tilxat asosida 28 iyun kuni soat 19:30 da bemor Muhammad Rashidovni uyga olib ketgan.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, bemor uyiga olib ketilayotganda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan. Bu haqda bemorning buvisi Shahnoza Hamidova tilxat ham yozgan. Bola vafot etgani haqidagi xulosa uning yaqinlari tomonidan qilingan va bu haqda tibbiyot xodimlariga xabar berilmagan”, deyiladi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulov bergan ma’lumotda.
Shifokorlarning bizga ma’lum qilishlaricha, Muhammadning ayni damda reanimasiya bo‘limida. Uning ahvolidan xabar olgani Toshkentdan ham zarur shifokorlar Qarshiga etib kelishgan.
P.S: Biz keyinroq ushbu voqea yuzasidan Rahimov Muhammadning buvisi Hamidova Nargiza bilan bog‘landik. U kishining aytishicha, haqiqatan ham Muhammadjon reanimasiyada. Uning ahvolini yaxshi deb ham, yomon deb ham bo‘lmaydi. Voqea sababini tushuntirar ekan, Nargiza opa shunday dedi: “Nevaramning bunday bo‘lishiga shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi, Muhammadjonni davolashda paysalga solish va sansolarlikka yo‘l qo‘yishlari sababdir. Men taqdirga ko‘nib bo‘ldim, ammo boshqalarning farzandlari, jigarporalari mana shunday holatga tushmasin, shifokorlar o‘z kasblarini sidqidildan bajarsin deyman...”.
Bu masala qaysidir tomonning ko‘rsatmasi bilan yakuniga etkazilib, indamay ketiladigan masala emas nazarimizda. Chunki gap inson atalmish hilqatning hayot-mamoti haqida ketmoqda. Bu ish mas’ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganiladi va chiroyli yakun topadi degan niyatdamiz. Bizning maqsadimiz qaysidir tomonning yonida bo‘lish emas, jajji bolaning sog‘ayib ketishidan umid qilish va yaxshi niyatda bo‘lishdir.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...