
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida yangi lavozimlarga tayinlov belgilandi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berganligini Qalampir nashri ma’lum qilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi tizimida 12 nafar boshliq va 1 nafar boshliq o‘rinbosari lavozimlaridagi nomzodlar almashdi:
O‘zbekiston Respublikasi IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i – polkovnik Tohir To‘lqinovich Aripov.
O‘zbekiston Respublikasi IIV qo‘riqlash xizmati Bosh boshqarmasi, “Mustaqillik” maydoni va shu maydonda joylashgan boshqa ma’muriy binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura boshlig‘i – mayor Rahimjon O‘ktamovich Ochilov.
Navoiy viloyati IIB profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i – podpolkovnik Aziz Abdurazzoqovich Rafiev.
Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – podpolkovnik Muhammadjon Omongaldievich Atabaev.
Xorazm viloyati Xazorasp tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – podpolkovnik Bunyod Madrimovich Rajabov.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – mayor Mansur Xayitboyevich Rajabov.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – podpolkovnik Chori Avlayorovich Kucharov.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – mayor Jalol Mavlonovich Samadov.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – podpolkovnik Nodirbek Musirmonovich Ismoilov.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – mayor Dilshod Muhammadjonovich Xojamatov.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i – podpolkovnik Dilmurod Solievich Madayupov.
Jizzax viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i – podpolkovnik Jasurbek Mamatqulovich Sherqulov.
O‘zbekiston Respublikasi IIV jazoni o‘tash Bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari – podpolkovnik Sharofiddinxo‘ja Isomiddinovich Usmonov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar