Misr malikasi Kleopatraning go‘zalligi haqida turli afsonalar yuradi, deb xabar beradi Darakchi.uz nashri.
Aslida esa Kleopatra biz o‘ylagan darajada go‘zal ayol bo‘lmagan. Kembrijlik misrshunos olim Salli Enn Eshton uzoq yillar davomida Kleopatraning tashqi qiyofasi ustida ish olib borib, quyidagi xulosaga keldi.
U Kleopatraning tashqi qiyofasini o‘rganishda malikaning surati aks etgan tangalar, Misrning Dender shahar ibodatxonasidagi haykallar va shajarasining tahlilidan foydalandi.
Aniqlanishicha, Kleopatraning burni katta, labi ingichka va iyagi uchqur bo‘lgan. Bunday tashqi qiyofaga ega, qorachadan kelgan ayol dunyo go‘zali unvoniga ega bo‘lishi dargumon. Britaniyalik olimlar malika Kleopatraning qaddi-qomati ham noproporsional bo‘lib, bo‘yi 152 santimetrni tashkil etganligini ham aniqlashdi. U to‘lachadan kelgan, baqaloq ayol bo‘lgan.
Yunon tarixchisi Plutarx Kleopatrani quyidagicha ta’riflagan: “Kleopatra juda go‘zal ayol bo‘lmasa ham odamni o‘ziga maftun qiladigan darajadagi yaxshi suhbatdosh edi. Uning ovozi mayin bo‘lib, suhbatdoshining qalbida mehr-muhabbat uyg‘otardi”.
Kleopatra insonning tashqi qiyofasi emas, balki ichki dunyosi boy bo‘lishining yorqin namunasidir. Ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan odam har qanday insonni o‘ziga maftun eta olishini Kleopatra yana bir bora isbotladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...