Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qarori bilan bu sohadagi faoliyatning tartib-qoidalari belgilab berilgan.
Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi Muzrobjon Risqiev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) «Damas» avtomashinasini minib, ko‘chaga chiqsa yayrab-yashnab ketadi. Buning sababi bor... — deb hikoya qilinadi DSQ rasmiy saytidagi maqolada.
Tuman markazidan Andijon shahrigacha bir qadam. Mashinasi yo‘lovchiga to‘lsa bo‘ldi, manzilga bir zumda etib boradi-yu, yo‘l haqini sanab oladi, daromadni kissasiga uradi. Birov mushugini «pisht» demasa bo‘ldi. Ammo...
Hayotda tartib-tamoyil, qoida va talab degan tushunchalar ham bor. Hozir avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib yurgan hushyor haydovchilarga «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida»gi 303-sonli qaror bilan tanishmisiz?» desangiz, «albatta!» degan javobni olasiz. Shunday bo‘lishi ham kerak.
Afsuski, Muzrobjonga o‘xshagan uddaburonlar esa, faqat o‘zining manfaatini o‘ylashdan nariga o‘tmaydi. U singari ayrim «quloqsiz» ucharlarning peshonasi «taq» etib devorga urilmagunicha insofga kelmas ekan.
Vaholanki, Muzrobjon Risqiev 2015 yil 23 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, maxsus ruxsatnoma (lisenziya) olmasdan aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanganligi uchun ma’muriy jazoga tortilgan edi. Ammo, u so‘qir hassasini bir marta yo‘qotadi, degan gapning mag‘zini chaqib ulgurmagan ekan. Xuddi shunday qilmishni takrorladi-yu, yana boshi egildi.
Albatta, har qanday jinoyatga insonparvarlik tamoyillari asosida baho beriladi. Muzrobjonning xatti-harakati «qasddan sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat» deb hisoblanib, unga imkoniyat berildi. Lekin, har qanday noqonuniy ishga jazo muqarrar.
«Damas» avtomashinasi to‘xtatilgan, biroq o‘zini to‘xtatolmagan Muzrobjon Risqiev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi birinchi qismi bilan har oylik ish haqining o‘n foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilindi. U jazoni nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan joyda o‘taydigan bo‘ldi. Ushbu hukm ko‘chaga avtomashinasini minib chiqib, yo‘lovchi tashib, mo‘may daromad topaman, degan bosar-tusarini bilmaydiganlarga saboq bo‘lmog‘i darkor.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi