O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda jazirama kuzatildi. Hatto ko‘chada yurib bo‘lmay qoldi. Gidrometeorologiya xizmati markazi hozircha havo haroratini 45 darajadan oshirmadi. Mayli, bunisiga indamaymiz, boshqa masala. Hozir biz bundan qolishmaydigan ajoyib “manzara” haqida gaplashamiz.
Toshkent shahridagi notariuslar haqida ko‘p gapirildi, yozildi. Ularning o‘z ishiga nisbatan mas’uliyatsizligi, muomalasining qo‘polligi, ta’magirligi haqida bot-bot eslandi va bu holat davom etyapti. Hatto “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bu borada maxsus so‘rov o‘tkazib, aholining notarial idoralar haqidagi fikrlarini o‘rganib chiqdi. Balki chora ham ko‘rilib qolar.
Yozning qaynoq kunlaridan birida asta notariusga yo‘l oldim. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-sonli notarial idora qo‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan ekan. Odatdagidek odamlar ertalabdan navbatda turishibdi. Albatta, bu tabiiy hol.
Quyosh nurlari borgan sari qizdirib, kun isishi tobora avj ola boshladi. Navbatda turganlarning qatori esa hech kamaymasdi. Ularning orasida yosh bolali ayollar, homiladorlar, keksalar, kasalmandlar, turli toifadagi odamlar bor. Jazirama esa hammaga har xil ta’sir qiladi.
Hayron bo‘lib, ichkariga bo‘ynimni cho‘zdim. Odam bormikan, nega buncha kuttirishlarining sababini bilmoqchi bo‘ldim. Ichkarida notarial idora xodimlari har xil holatda: biri oromkursiga yastangan, boshqasi suv ichish bilan band, 2 nafar qiz bir-biriga kulib, telefonida bir nimalarni kavlab o‘tirishibdi. Eng dahshati...
Eng dahshati, ularning barchasi yengil ichkiyimda (lyamka) va oyoqlarida tor shim, muzdekkina kondisioner ostida maza qilib o‘tirishibdi. Tashqaridagi odamlar bilan ishi yo‘q. To‘g‘ri-da, qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor? Surishtirsam, ushbu idoraning notariusi Qo‘ldosheva familiyali ayol ekan.
Endi ularning muomalasi yana bir boshqa mavzu. Navbatda turganlar orasida advokat yigit bor ekan. Uning aytishicha, notarial idora xodimlari rasmiy kiyimda bo‘lishi kerak ekan. Bu gap Qo‘ldoshevaga etib borganda tutoqib ketdi: “Mening ketimdagi shim bilan sizning nima ishingiz bor?”
Ha, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘tkazgan so‘rovda odamlarning javoblaridan to‘g‘ri xulosa chiqarilgan ekan: 64.9% respondentlar notarial idoralar xizmatidan foydalanganda noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lganlar; respondentlarning 678 nafari notarial idoralar xodimlari preyskurantda belgilanganidan ko‘proq haq talab qilganliklarini bildirganlar; 788 nafari notarial tasdiqlash uchun bir necha soat yoki kunlab vaqt kutish muammosi mavjudligini bildirganlar.
Kezi kelganda eslatib ketish kerak, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida shunday deyiladi: “Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
Bularni kim nazorat qiladi? Albatta, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Ushbu holatdan vazirlikning bexabar yo xabardorligidan xabarimiz yo‘q. Lekin “shpionlarcha” odam yuborsa, o‘zlari guvoh bo‘lishlari mumkin. Agar bunday muammolarni hal qilishni istasalar.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi