12:21 / 18.07.2017
7 771

7 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Urganch shahriga olib kelindi

7 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Urganch shahriga olib kelindi
Joriy yilning 13 iyul tongida Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metall angarida umumiy maydoni 600 kvadrat metrga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘lgandi.

Yong‘in qoldiqlarini ajratish vaqtida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 nafar jasad topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi yo‘lak plitkasi ishlab chiqariladigan angarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan fuqarolarining ism-shariflarini e’lon qildi:

Xusinov Ro‘zmat Qurbonboyevich, 1967 yil 1 yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Xusinov Siroj Ro‘zmatovich, 1991 yil 16 oktyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973 yil 2 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Boyjanov Ilyos Qadamboyevich, 1988 yil 10 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981 yil 21 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Atakov O‘tkirbek O‘ktamboyevich, 1989 yil 19 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Quramboyev Shohzod Hushnudbek o‘g‘li, 1997 yil 3 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ko‘magida Urganch shahriga olib kelindi.

Jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga etdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olingan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi axborot berdi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 7 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Urganch shahriga olib kelindi