Xabaringiz bor, 2 iyul kuni Toshkent shahridagi “Result” o‘quv markazi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sa’dullaev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Prezident tomonidan 23 yoshida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa’dullaev Facebook’dagi sahifasida o‘z tashabbusi bilan boshlanayotgan yangi loyiha haqida xabar berdi.
"Muhtaram Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, yaqindagina tashkil etilgan Xalqaro Press-klub shaffoflik va muloqot o‘rnatish orqali davlatimiz rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Ushbu klub faoliyatidan ilhomlanib, mening tashabbusim bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yoshlar ittifoqi hamda "Yoshlar" telekanali bilan hamkorlikda yangi loyiha ish boshlaydi.
Loyiha O‘zbekiston ilm-fan, sport, san’at va madaniyatiga oid eng ilg‘or g‘oyalarni ommaviy uzatish va tinglashga imkon beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Oddiy dehqondan tortib vazirgacha bo‘lgan xohlovchilar "Yoshlar" telekanalida taqdimot qilishlari orqali o‘zining ibratli g‘oyalari, tajribasi va hikoyalarini omma bilan baham ko‘ra oladi. Misollar: poyabzal ishlab chiqaruvchisining biznes faoliyati; o‘qituvchi o‘zi ishlab chiqqan, rusiyzabonlarga o‘zbek tilini o‘rganishlari bo‘yicha qo‘llanmasining taqdimoti; shahar hokimining o‘z faoliyati davomida duch kelgan ibratli, barchani larzaga soladigan hikoyasi; ilmiy xodimning ixtirosi; o‘lim bilan olishib, tirik qolgan bemorning tashakkuri; talabaning "Start up" g‘oyasi; o‘t o‘chiruvchisining oilasi va hayoti; doimo kulib yuradigan bog‘bon maslahatlari; jurnalistning jasorat hikoyasi; O‘zbekistonda ekstremal sport va boshqalar.
Loyihaning maqsadlari: fikrlar va g‘oyalarni bir joyga jamlab, ovoza qilish, ularning bazasini yaratish; ijtimoiy birdamlik hamda faollikni kuchaytirish; hamfikr insonlarga bir-birlarini topib, aloqa o‘rnatishlarida yordam berish va bu orqali g‘oya egalarini, ayniqsa, yoshlarni ruhlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
Loyihaning xalqaro muqobili – TED (www.ted.com) platformasidan farqi shundaki, uning asosiy faoliyati internet emas, balki televidenie kanali orqali olib boriladi va bu bilan keng omma qamrovi ta’minlanadi.
Biz hozirda jamoamiz bilan loyihaning tartibi, nizomi hamda ishtirokchilar/taqdimotchilar uchun standard ko‘rsatmalarni ishlab chiqmoqdamiz. Milliy qadriyatlarimizni, O‘zbekiston shart-sharoitlarini e’tiborga olgan holda ushbu loyiha bo‘yicha har qanday fikrlaringizni kutib qolamiz. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: "Kuch – birlikda". Kelinglar, birgalashib ushbu loyihani amalga oshiraylik!", deb yozadi vazir o‘rinbosari o‘z sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?