6 106
Nazarbekov “Yoshlar”da ish boshladi. Ilk ko‘rsatuvlar deputatlar va abiturientlarga qaratilgan
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga binoan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanali direktori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Ayni damda telekanal rahbarligi lavozimiga kirishib ketgan Ozodbek Nazarbekovning televideniedagi faoliyati ko‘plarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Nazarbekov nimani qoyil qilarkin, deb uni zimdan va ochiqchasiga ta’qib etayotganlar talaygina.
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoil ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov televidenieda ish boshlaganidan so‘ng, u ham “Yoshlar” teleradiokanaliga ishga qaytganini yozar ekan, Nazarbekovning faoliyatiga quyidagicha baho berdi:
“Avvalambor qutlash, qolaversa, “Hormang” deb qo‘yish uchun Ozodbek bilan bog‘landim, uning ulkan rejalarini, tashabbuslarini, ishga qattiq bel bog‘lab kirishib ketganini ko‘rib, rosti, juda quvondim, yorqin iqtidoriga yana bir karra tan berdim”.
Shoir Muhammad Ismoilga ko‘ra, 20 iyul, payshanba kuni “Yoshlar” teleradiokanalida “Yoshlar qabulxonasi” ko‘rsatuvining ilk soni efir yuzini ko‘radi. Muhammad Ismoil muallifligi va boshlovchiligida tayyorlanayotgan dasturning ilk mavzusi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirgan abiturientlar, ular oldida turgan muammolar, qiyinchiliklarga bag‘ishlanadi. Ko‘rsatuvda viloyatlardan kelgan abiturientlarning qaerga joylashishi, imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ko‘rilgan shart-sharoitlar haqida so‘z boradi.
“Ko‘rsatuvni tayyorlash jarayonida juda ko‘p abiturientlar, institut xodimlari, Oliy ta’lim vazirligi rahbarlari bilan bog‘landik, vazir o‘rinbosari bir qancha tanqidiy fikrlarimizga javob berdi”, deydi Muhammad Ismoil.
Shuningdek, “Yoshlar” teleradiokanalida 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud to‘rtta partiya raislariga qarata aytgan xato va kamchiliklarni tuzatish borasida partiyalarda nima ishlar qilinayotganini ayon etguvchi dolzarb ko‘rsatuvlar ham tayyorlanyapti.
“Xullas, ijodiy rejalarimiz juda katta. Xudo quvvat bersa, bu loyihalarni, albatta, amalga oshiramiz... Menga ishonch bildirganliklari uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan juda minnatdorman.
Ozodbek bilan uning ijodiy rejalari haqida yana ancha gaplashdik. Televideniedagi do‘stlarimiz safi g‘ayratli, shijoatli, iqtidorli yana bir ijodkor bilan boyiganidan juda xursand bo‘ldim va ishlariga Xudo yor bo‘lishini tiladim. Xalqimiz unga ishonishini va sevimli farzandi sifatida hamisha ardoqlashini yana bir bor eslatib qo‘ydim”, deb yozadi so‘zlari so‘nggida Muhammad Ismoil.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi