O‘zbekistonda “Davlat xizmati to‘g‘risida” yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb yozadi Qalampir.uz nashri. Ushbu hujjat talablariga ko‘ra, yangi xodimlar davlat tuzilmalariga ishga qabul qilish qat’iy tartibga solingan tanlov asosida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida sidqidildan mehnat qilayotgan mansabdor shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmi ham inobatga olingan.
Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini ham qamrab oladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimovning fikriga ko‘ra, qonun loyihasida “meritokratiya” boshqaruv tamoyili asosida, ya’ni davlat rahbarlik lavozimiga moliyaviy farovonligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, faqat iqtidorli odamlar tayinlanishi shartdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari harakatsizligi va beparvoligi uchun mansabdor shaxslarga qattiq e’tirozlar bildirilgan edi. Bundan tashqari, iyul oyi boshida davlat rahbari samarasiz ish faoliyati uchun turli vazirlik va idoralar rahbarlarni tanqid qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi